← Klaviaturaga qaytish

Qoidalar

Qisqa va ochiq yozdik. Pul aylanadigan joyda tushunmovchilik bo'lmagani ma'qul.

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 25-avgust

1.Tugma qanday ishlaydi

  • Har bir tugmaning bitta egasi bo'ladi. Birinchi band qilish bepul.
  • Band qilingan tugmani boshqa kishi yuqoriroq bid to'lab olib qo'yishi mumkin.
  • Tugma sizdan olinganda pul qaytarilmaydi: to'lov tugmani ushlab turgan vaqt uchun.
  • Tugma qo'ldan ketsa ham nomingiz, logotipingiz va havolangiz "Oldingi egalar" arxivida qoladi — bosh sahifada va o'sha tugma sahifasida.

2.Kafolatlangan himoya

  • To'lovingiz kafolatlangan muddat sotib oladi: 5 000 so'm → 6 soat, 10 000 so'm → 12 soat, 25 000 so'm → 24 soat, 50 000 so'm va undan yuqori → 48 soat.
  • Himoya vaqtida tugmangizni hech kim, hech qanday narxga ololmaydi. Muddat to'lov tasdiqlangan paytdan boshlanadi.
  • Muddat tugagach tugma yana ochiladi — outbid qilinmaguncha sizda qolaveradi.
  • Bepul band qilingan tugma himoyalanmaydi: uni istalgan vaqtda outbid qilish mumkin.
  • Himoya faqat outbiddan saqlaydi. Qoidabuzar kontent himoya muddati ichida ham o'chiriladi va pul qaytarilmaydi.

3.Hamma narsa ochiq

  • Har bir qo'l almashish ochiq e'lon qilinadi: kim kimdan, qancha to'lab olgani jonli lentada ko'rinadi.
  • Bidingiz summasi, tugmangiz tashriflari va necha marta qo'l almashgani reytinglarda ochiq ko'rsatiladi.
  • Reyting bo'limlari — eng katta bid, eng ko'p tashrif, eng talashilgan, eng uzoq himoya, bugungi outbidlar. Ularning tartibi va soni vaqt o'tib o'zgarishi mumkin.
  • Ochiq bo'lishini istamasangiz, tugma band qilmang: bu doskaning butun mohiyati ko'rinishda.

4.To'lov

  • To'lov kartaga qo'lda o'tkaziladi. Summa aynan mos kelishi shart, to'lovingizni shu summa orqali taniymiz.
  • To'lov tasdiqlangach tugma sizga o'tadi: odatda bir necha daqiqa, ko'pi bilan 24 soat.
  • 24 soat ichida tasdiqlanmasa, pul to'liq qaytariladi.

5.Nima taqiqlanadi

  • Firibgarlik, qimor, 18+, alkogol va tamaki, zararli yoki aldov havolalar.
  • Siyosiy va diniy tashviqot, haqorat, boshqa odam yoki brend nomidan chiqish.
  • Bunday kontent ogohlantirishsiz o'chiriladi va pul qaytarilmaydi.
  • Qoidabuzar kontent arxivda ham qolmaydi: doskadan ham, "Oldingi egalar" ro'yxatidan ham butunlay o'chiriladi.

6.Tahrir va bo'shatish

  • Tugmangizni brauzeringizda saqlangan maxfiy token orqali tahrirlaysiz. Brauzer ma'lumotlarini tozalasangiz token yo'qoladi.
  • Token yo'qolsa, Telegram orqali yozing, qo'lda tiklaymiz.
  • Tugmani o'zingiz bo'shatishingiz mumkin, lekin bu holatda ham pul qaytmaydi.
  • Nomingiz, havolangiz va tavsifingiz keyingi bid uchun brauzeringizda saqlanadi — qayta yozib o'tirmaysiz. Bu ma'lumot faqat sizning brauzeringizda turadi va siz bid yuborganingizdagina serverga ketadi.

7.Kafolat yo'q

  • Bu loyiha eksperiment. Saytning uzluksiz ishlashiga, tashriflar soniga yoki qancha yashashiga kafolat bermaymiz.
  • Sayt yopiladigan bo'lsa, oldindan Telegram orqali xabar beramiz.

Savol bormi?

Telegram orqali yozing: @sukhrob_abdullayev